Şu kunlarda IIV akademiyasida ta’lim olayotgan 2-bosqiç kursantlari uçun “Kiçik final” kompleks öquv maşğulotlari ötkazilmoqda.
Maşğulotlar barça ixtisoslik kafedralari qatori Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi tomonidan ham qizğin tarzda taşkil etilmoqda.
Kursantlar mutaxassislik yönalişi böyiça berilgan savol-topşiriqlarni mustaqil ravişda bajarib, ustozlaridan olgan nazariy bilimlari, bazaviy amaliyot maşğulotlarida töplagan könikmalarini namoyon etyaptilar. Har bir jarayon hududiy içki işlar organlaridan jalb qilingan tajribali xodimlar hamda professor-öqituvçilar tomonidan tahlil qilib borilayapti.
Mirzo Uluğbek tumanidagi “Çimyon” MFY profilaktika katta inspektori, podpolkovnik Ğaffor Abdullayevning aytişiça, bunday maşğulotlar kursantlarning kasbiy mahoratini oşirib, amaliyotga tez fursatlarda moslaşişini ta’minlaydi.
Yana bir kundan söng “Kiçik final”lar yakunlanadi. Maşğulotlarda yöl qöyilgan kamçiliklar tahlil qilinib, kelgusi öquv jarayonlarida ularni bartaraf etiş, ta’lim sifatini yanada oşirişga qaratilgan rejalar işlab çiqiladi. Zero, maqsad ham şu – soha uçun yuqori malakali kadr tayyorlaşdir!
IIV akademiyasi Axborot xizmati