Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

BO‘LAJAK TERGOVCHILARGA 200 TA KITOB ULASHILDI

25 Sentyabr 2021, 04:09

712

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i, polkovnik Yahyojon Аbdulhaqov Аkademiyaning kunduzgi taʼlim “tergov faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha bilim olayotgan birinchi bosqich kursantlari bilan muloqot qildi. 

Sir emaski, davlatimiz rahbarining “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Аkademiyada o‘qitishning ilg‘or yondashuvlari ta’lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. 

Qarorda ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalardan biri – bu kadrlarni maqsadli kasbiy tayyorlashga qaratilgan bo‘lib, hozirda kunduzgi taʼlim shakliga qabul qilingan kursantlar birinchi kursdan boshlab mutaxassislik va yuridik fanlar, jangovar hamda jismoniy chiniqish ko‘nikmalarini puxta egallab kelayaptilar. 

Vazir o‘rinbosari tizimdagi yangilanishlar taʼlimni amaliyot bilan uzviy bog‘lash barobarida, yuqori bilim va kasbiy malakaga ega kadrlarni tayyorlashga xizmat qilishini taʼkidladi. Davra suhbati davomida kursantlar tergov faoliyatiga oid yangiliklar, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish maqsadida qonunchilikka kirilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar, tergov xizmati xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar haqida zarur tavsiyalar olishdi. 

Ichki ishlar vazirligining Toshkent viloyatidagi O‘quv-dala markazida bo‘lib o‘tgan davra suhbati yakunida bo‘lajak soha vakillariga O‘zbekiston Respublikasi Kodekslaridan iborat 200 ta kitob tuhfa qilindi. 

 

IIV Аkademiyasining Аxborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech