Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Bolalar huquqlarini himoya qiliş – kelajak uçun qayğuriş

6 Noyabr 2024, 20:32

1787

Içki işlar vazirligi akademiyasida Oliy Majlisning Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) bilan uçraşuv bölib ötdi.

Magistratura tinglovçilari uçun taşkil qilingan tadbirda bolalarning huquq va erkinliklarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar xususida söz bordi.

Bolalar ombudsmani dastavval sohaga oid xalqaro normalar va mamlakatimiz qonunçiligining muhim jihatlariga töxtaldi. Yurtimizda inson qadrini uluğlaşga qaratilgan izçil islohotlar jarayonida bolalarga ğamxörlik qiliş, ularni qöllab-quvvatlaş, huquq va manfaatlarini ta’minlaş tizimi yanada takomillaştirilgani e’tirof etildi.

– Keyingi yillarda bu boradagi işlar yangi bosqiçga kötarildi. Xususan, bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay barham berildi. Prezidentimizning qarori asosida Bolalar ombudsmani instituti samarali joriy qilindi. Yangilangan Konstitutsiyamizda bolalar masalasiga ustuvorlik berilib, onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinişi qat’iy mustahkamlandi. Albatta, bolalar huquqlarini kafolatlaşga qaratilgan bu sa’y-harakatlar özining ijobiy natijasini körsatmoqda, – dedi Surayyo Rahmonova.

Şuningdek, tadbirda bolalar huquqlarining buzilişi bilan boğliq holatlarga ham e’tibor qaratildi. Amaldagi qonunçilikka kiritilgan özgartiriş va qöşimçalar bilan bolalarga nisbatan oilaviy (maişiy) zöravonlik tarzidagi qilmişlar uçun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangani ta’kidlandi.

Oçiq muloqot davomida şu va boşqa masalalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech