Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Boshqaruv samaradorligini oshirish yo‘lida

17 Aprel 2026, 12:56

20

IIV akademiyasida Jamoat xavfsizligi xizmati rahbar xodimlari uchun navbatdagi o‘quv yig‘ini tashkil etilmoqda.

O‘quv yig‘iniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahri va viloyati IIBB hamda viloyat IIBlarining Jamoat tartibini saqlash va Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmalari boshliqlari jalb qilingan.

Tinglovchilar aholi muammolarini manzilli hal etish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, kriminogen xavf-xatarlarni baholash, media va jamoatchilik bilan ishlash, narko va kiberjinoyatlarga qarshi samarali kurashish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, murojaatlar va jinoyatga oid xabarlar bilan ishlash hamda boshqa yo‘nalishlarda rahbarlar oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda.

Mashg‘ulotlar Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi vakillari, Ichki ishlar vazirligi sohaviy xizmatlari mas’ullari, Kriminologiya tadqiqot instituti hamda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.

Mashg‘ulotlar yakunida tinglovchilardan yakuniy sinov imtihonlarini qabul qilinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech