Inson uçun öz ona Vatani, uning timsollari aziz va mötabar sanaladi. Davlat bayroğimiz nafaqat mustaqillik ramzi, balki tinçlik, farovonlik, barqaror taraqqiyotimiz kafolatidir.
IIV Akademiyasida Özbekiston Respublikasi davlat bayroği qabul qilinganining 32 yilligi kötarinki ruhda nişonlandi.
Tantanali tadbir munosabati bilan saf maydoni uzra yurtimiz madhiyasi yangradi. Ğurur va iftixorimiz ramziga aylangan, kurrai zaminimizning turli nuqtalarida mağrur hilpirayotgan muazzam bayroğimizning davlat va jamiyat hayotidagi beqiyos örni e’tirof etildi. Yangi Özbekistonda keçayotgan ulkan yangilanişlar jarayonida davlat razmlari yoş avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Kursantlar şaxdam odimlar bilan yurib, bayroğimizga bölgan çeksiz hurmat va iftixor tuyğularini namoyon etdilar.
Akademiya ma’naviyat va ma’rifat markazida bölib ötgan tadbirda istiqlolning dastlabki yillari davlat bayroğimizni qabul qiliş, uning huquqiy asoslarini mustahkamlaş yölida qilingan sa’y-harakatlar, milliy timsolimizning hayotbaxş kuç-qudrati, undagi rang va tasvirlarning ma’no-mazmuni haqida mulohazalar aytildi.
Tadbir bayroğimiz haqida qiziqarli ma’lumotlardan tayyorlangan viktorina hamda badiiy havaskorlik jamoalarining Vatanni madh etuvçi şe’rlari, kuy va qöşiqlar bilan davom etdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati