Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Chempionlik sirlari: paralimpiya sovrindorlari bilan uchrashuv

28 Fevral 2026, 14:23

102

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyada paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilar, ularning murabbiylari, akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

Muhtaram Prezidentimizning yuksak e’tibor va g‘amxo‘rligi bilan mamlakatimizda paralimpiya harakatini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani, sportchilarimiz Osiyo va jahon miyosidagi musobaqalarda olamshumul natijalarga erishib kelayotgani e’tirof etildi.

Sportchilar faoliyatlari davomida qo‘lga kiritgan yutuqlariga to‘xtalar ekan, har bir muvaffaqiyat zamirida betinim mehnat, intilish, matonat, ishonch va qat’iyat borligini, eng muhimi, davlatimizning doimiy e’tibori yangi marralar sari ulkan motivatsiya berayotganini ta’kidlab o‘tishdi.

Kursantlar paralimpiya o‘yinlari turlari, chempionlik sirlari, sportchilarning kelajak orzu-maqsadlari bilan qiziqib, o‘z savollariga javob olishdi. Tadbir badiiy havaskorlik jamoalarining konsert dasturi bilan davom etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech