Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Vazir o'rinbosari tinglovchilarga tavsiyalar berdi

23 May 2026, 17:56

78

Ichki ishlar vazirining o'rinbosari - Tergov departamenti boshlig‘i Ramazon Ashropov akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun mashg‘ulot o‘tdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan mashg‘ulotda tergov sifatini oshirish, sohani raqamlashtirish, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini hal qilish borasida departament va uning quyi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Ramazon Ashropov dastavval sohadagi keng qamrovli islohotlarga to‘xtaldi. Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilma sifatida shakllantirish jarayonida jinoyatlarni tergov qilish faoliyatini tubdan takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, tizim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Mashg‘ulotda sohadagi ayrim muammolar, xususan, tergov jarayonida yo‘l qo‘yilgan protsessual xato va kamchiliklar ham aytib o‘tildi. Shuningdek jinoyat ishlarini qisqa muddatda, sifatli va tezkor tergov qilish maqsadida amaliyotga tatbiq qilingan “Surxondaryo tajribasi” taqdimot qilindi. Mazkur tajriba o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatayotgani, bugungi kunda tizimni boshqa hududlarda ommalashtirish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Zamonaviy rahbarlik bo‘yicha ta’lim olayotgan tinglovchilarga sohaga raqamli yondashuvlarni tatbiq qilish, tergovchi va surishtiruvchilarning kunlik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, ijrochilik intizomini mustahkamlash, tergov sifatini yanada oshirish bo‘yicha amaliy tavsiya va dolzarb vazifalar yetkazildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech