Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Döstlik marafoni

30 Sentyabr 2024, 14:44

2248

Millatlararo döstlik va hamjihatlik riştalarini mustahkamlaşda sportning örni beqiyos.

Içki işlar vazirligi akademiyasida “Döstlik marafoni” yuguriş musobaqasi uyuştirildi. Bellaşuvda akademiya yoşlari bilan birga, Xitoy Jamoat xavfsizligi universiteti talabalari hamda yurtimizda ta’lim olayotgan tojikistonlik kursantlar qatnaşdi.

Musobaqa akademiya darvozasi oldidan start oldi. Iştirokçilar ta’lim muassasasi hududi böylab 2000 metr masofani bosib ötdilar.

Qiziqarli keçgan marafon yakunida IIV akademiyasidan Ilhom Pirnazarov, Nurmurod Yorqinov, Sardor Nasrullayev, Iroda Bekmirzayeva, Jamoat xavfsizligi universitetidan Ma Syuan, Sun Yu Syuan, qöşni yurt vakillaridan esa Muhibullo Najmiddinov, Muhammaddin Rahmonov va Şerali Yoraliyevlar sovrindorlar safidan joy olişdi.

Ğoliblar medal va diplom bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech