Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

DUAL TA’LIM – YANGI VA SAMARALI TIZIM

5 Aprel 2025, 17:17

2194

Joriy yildan Içki işlar vazirligi akademiyasida dual ta’lim joriy qilindi. Yangi tizim nazariya va amaliyot uyğunligini kuçaytiriş asnosida ta’lim sifatini ham oşirmoqda.

Akademiya boşliği dual ta’lim böyiça amalga oşirilayotgan işlar va kursantlarning amaliy maşğuloti bilan tanişiş maqsadida Mirzo Uluğbek, Yunusobod hamda Çilonzor tumanlari içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmalarida böldi.

Aytiş joizki, hozirda kunduzgi ta’lim bakalavriatining 2-bosqiç kursantlari dual asosida ta’lim olişmoqda. Bunda haftaning 4 kuni akademiya bazasida nazariy darslar, qolgan 3 kun poytaxtimiz tumanlaridagi içki işlar organlarida amaliy maşğulotlar taşkil qilinmoqda. Kursantlar tajribali murabbiylari qöl ostida xodim yordamçisi lavozimida zarur kasbiy könikmalarni egallaşmoqda.

Sayyor uçraşuvlar çoğida akademiya boşliği joylardagi mas’ullar, murabbiylikka biriktirilgan amaliyot xodimlari va kursantlar bilan muloqot qildi. Dual ta’limning maqsadi, muhim jihatlari, tizim uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida amalga oşilayotgan keng qamrovli işlar, ayni paytda yoş kadrlar bilan boğliq muammolarga atrofliça töxtaldi.

“Ta’limni isloh etib boriş davr talabiga aylanmoqda. Muhtaram Prezidentimiz dual ta’limni keng joriy qiliş masalasiga töxtalib, öquv dasturini bugungi xavf-xatarlarga moslaştirib boriş zarurligini ta’kidlagan edilar. Şu ma’noda, kursantlarimiz dual ta’lim imkoniyatlaridan foydalanib, kelgusi xizmat faoliyatlariga hozirdanoq moslaşib borişlari kerak”, - dedi Rustam Xatamov.

Muloqot davomida kursantlar bilan maqsadli işlaş, maşğulotlarni samarali taşkil etiş, amaliyy könikmalarni yuksaltiriş, xizmat intizomiga qat’iy rioya qiliş yuzasidan mas’ullarga körsatmalar berildi.

Şu kuni akademiya boşliği hududiy içki işlar organlarini metodik ta’minlaş borasidagi vazifalar ijrosi bilan ham tanişdi. Mas’ullar bilan muloqot çoğida hududlarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir körsatayotgan har bir omilni aniqlaş va muammolarni bartaraf etiş yuzasidan aniq vazifalar berildi. Ilmiy-amaliy örganişlar kutilgan natija berişi, işlab çiqilayotgan taklif va tavsiyalar amaliyot uçun foydali bölişi, eng muhimi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikni jilovlaşga xizmat qilişi kerakligi ta’kidlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech