Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ekspert-kriminalistlar uçun seminar-trening

23 Mart 2024, 16:08

2168

“Sayyor akademiya” öquv dasturi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida maşğulotlar ötkazildi.

Seminar-trening içki işlar bölinmalari ekspert-kriminalist xodimlarining sud ekspertiza tadqiqotlarini ötkaziş va xulosani rasmiylaştirişga doir kasbiy bilim hamda könikmalarini oşiriş maqsadida taşkil qilindi.

Sayyor maşğulotlar Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan interfaol yondaşuvlar asosida olib borildi. Soha xodimlariga sud ekspertiza tadqiqotlarini ötkaziş va xulosani rasmiylaştiriş tartibi, amaldagi protsessual talablar bilan birga, sohada amalga oşirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati yetkazildi.

Aytiş joizki, seminar-trening maşğulotlarining dastlabki bosqiçida 120 nafar xodim iştirok etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech