Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

E’tibor – kuchli motivatsiya

21 Mart 2026, 10:10

81

Yoshlar bamisoli navnihol. Ularni qanday tarbiyalasak, shunday voyaga yetadi. Buning uchun ularga doimiy e’tibor va rag‘bat kerak.

IIV akademiyasida Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir ana shu maqsadda tashkil qilindi.

Uchrashuvda bo‘lim boshlig‘i O‘tkir Qosimov so‘zga chiqib, yurtimiz yoshlari uchun yangi davr boshlangani, kelajakka qadam qo‘yayotgan kursantlar o‘qish, intilish va maqsadga erishish yo‘lidagi imkoniyatlardan unumli foydalanishi kerakligini aytib o‘tdi.

– Bugun Prezidentimiz, butun xalqimizning ishonchi sizlarga qaratilgan. Buning uchun nafaqat zamonaviy bilimlarni mukammal egalashingiz, balki halol, vatanparvar, mas’uliyatdan qochmaydigan fidoyi inson bo‘lishingiz kerak, – dedi O‘. Qosimov.

Magistratura tinglovchilari o‘z chiqishida ichki ishlar organlari tizimidagi islohotlarga to‘xtalib, xodimlar, ayniqsa rahbar kadrlarga qo‘yilayotgan dolzarb talablar haqida tushuncha berishdi. Yoshlar hozirdanoq yuqori marralarni o‘z oldiga qat’iy maqsad qilib olishi, kasbiy bilim va fazilatlarni shakllantirish uchun astoydil harakat qilishi ta’kidlandi.

Uchrashuv so‘nggida yoshlarga motivatsiya berish maqsadida bir guruh kursantlarning ota-onalariga minnatdorlik maktublari yetkazilgani e’lon qilindi. Bu e’tibor tengdoshga havas hissining yanada ortishiga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech