Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Faxriylar bilan muloqot

26 Dekabr 2025, 08:12

19

IIV akademiyasi magistraturasida soha faxriylari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uztoz-shogirdlik asosida faxriylarning boy hayotiy tajribasidan oqilona foydalanish, tinglovlarning rahbarlik mahoratini oshirish maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvga iste’fodagi generallar Mirsamad Adilov va Tohir Mullajonov taklif etildi.

Soha fidoyilari mustaqillikkacha va undan keyingi davrlarda respublikamizning turli hududlarida ro‘y bergan siyosiy voqealar, osoyishta hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan terrorchilik harakatlarini yodga olib, murakkab vaziyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha orttirgan ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Uchrashuvda mazkur voqealarning asl sabablari aniq faktlar misolida tahlil qilindi. Jamiyatda huquq-tartibotni ta’minlash, har qanday sharoitda odamlarning tinch-osoyishta hayotini muhofaza qilish ichki ishlar organlari xodimlari zimmasidagi muqaddas burch ekanligi aytib o‘tilib, tinglovchilarga amaliy maslahat va tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech