Poytaxtimizda barpo etilgan G‘alaba bog‘ida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda IIV akademiyasi kursantlari ham faol ishtirok etdi.
Tadbirda “Millat fidoyilari” monumenti poyiga gulchambarlar qo‘yilib, Vatan himoyasida halok bo‘lgan harbiylar hamda huquq-tartibot organlari xodimlari xotirasi yod etildi.
Marosimda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy ta’lim muassasalari rahbariyati, kursantlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Kursantlar G‘alaba bog‘i hududida tashkil etilgan ko‘rgazmalar orqali Vatan himoyasi yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qahramonlar hayoti va faoliyati haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga sharaf lentalari tarqatilib, vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Marosim tinchlik qadrini anglash va yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash g‘oyasini yana bir bor namoyon etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati