20-iyun kuni Möğuliston poytaxti Ulan-Bator şahrida Xalqaro politsiya akademiyalari assotsiatsiyasi (INTERPA) Ijroiya kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi.
Unda Ijroiya kengaş a’zolari, şu jumladan, IIV akademiyasi boşliği Rustam Xatamov, taşkilotga qabul qilingan ta’lim muassasalari vakillari, xalqaro ekspert va mutaxassislar qatnaşdi.
Yiğilişni Assotsiatsiya rahbari, Turkiya milliy politsiya akademiyasi prezidenti Murat Balçi oçib berdi.
Iştirokçilar jahonda röy berayotgan geosiyosiy özgarişlar fonida global xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş, taşkilotga a’zo ta’lim muassasalari örtasida işonçli va köp qirrali hamkorlikni mustahkamlaş, manfaatli aloqalarni kengaytiriş, zamonaviy tahdidlar va mintaqaviy muammolarning maqbul yeçimlarini işlab çiqişga, bu borada ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yanada yuksaltirişga alohida e’tibor qaratdilar.
Sözga çiqqanlar dunyoning turli burçaklarida ziddiyatlar avj olayotgan, terrorizm, ekstremizm, diniy radikalizm, giyohvand moddalar savdosi va boşqa transmilliy xavf-xatarlar ta’siri kuçayib borayotgan hozirgi şaroitda muntazamlik kasb etgan muloqot formatini kengaytiriş muhimligini qayd etdilar.
Yiğilişda INTERPAning ustuvor maqsad va tamoyillarini amalga oşiriş yölidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ötgan davr mobaynida birgalikda erişilgan natijalar, kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almaşildi. Şimoliy Makedoniya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Maldiv va boşqa davlatlar ta’lim muassasalari rahbarlarining çiqişlari tinglandi.
IIV akademiyasi boşliği R. Xatamov öz nutqida INTERPA xalqaro nufuzga ega taşkilot sifatida hamkor ta’lim muassasalari örtasida özaro aloqalarni rivojlantiriş va tajriba almaşinuvini kuçaytiriş yölida samarali faoliyat yuritayotganini, taşkilot Ijroiya kengaşi yiğilişlari va konferensiyalari huquqni qöllaş amaliyotidagi eng dolzarb masalalarni qamrab olayotgani bilan muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladi. Bugungi globallaşuv davrida huquqni muhofaza qiluvçi xodimlar va turdoş oliy ta’lim muassasalari ta’lim oluvçilarining kasbiy salohiyatini oşirib boriş muhimligini qayd etdi.
Yiğiliş davomida INTERPAning navbatdagi tadbirlari va hamkorlar örtasida muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan axborot berildi. Şu kuni Ijroiya kengaş yiğilişi yakunlari böyiça muhim qarorlar qabul qilindi. Tomonlar global masalalarda sa’y-harakatlarni birlaştiriş, manfaatli kelişuvlarni hayotga tatbiq etiş orqali mavjud imkoniyatlarni kengaytiriş, ta’lim sohasida özaro integratsiyani kuçaytiriş, yangi loyihalarni hayotga tatbiq etişga kelişib oldilar.
Şuningdek, Özbekiston Respublikasi IIV akademiyasi vakillari 21-iyun kuni Möğuliston harbiy va içki işlar tuzilmalari tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruv tadbirida qatnaşdi. Tantanali marosimda INTERPA mehmonlari bilan birga, mamlakat hukumati a’zolari va davlat organlari rahbarlari ham iştirok etdi.
Jamşid Xolov,
IIV akademiyasi Axborot xizmati