Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamjihatlik – osoyishtalikning asosi

8 Aprel 2026, 20:34

207

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan tizimli ishlar poytaxtimizning Sergeli tumanida ham izchil davom ettirilmoqda.

Aytish joizki, tuman mahallalariga Bojxona qo‘mitasi, IIV akademiyasi va Bojxona instituti vakillaridan iborat ishchi guruh biriktirilgan. Ular tomonidan hududlarning kriminogen vaziyati ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida o‘rganilib, mahallalarda chinakam xavfsiz muhitni shakllantirish choralari ko‘rilmoqda.

O‘rganishlar davomida aholi muammolarini hal qilish, jinoyatchilik omillarini barataraf etish, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktika ishlarini yanada kuchaytirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, “Xonobod”, “Xontepa”, “Sadoqat”, “Habibiy”, “Qut-baraka” mahallalarini o‘rganish jarayonida “yettilik” xodimlari bilan birgalikda birinchi chorak uchun mo‘ljallangan “yo‘l xarita”lar holati atroflicha muhokama qilindi. Yechimini kutayotgan masalalar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olinib, ijroga qaratildi.

Hozirda hududlarda xavfsiz muhitni yaratish va jinoyatchilikning barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli taklif-tavsiyalar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda. Bu orqali mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish ustuvor maqsad etib belgilangan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech