Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hamkorlik yuzasidan fikr almashildi

19 May 2026, 21:38

90

IIV akademiyasida Germaniyaning “Intafors GmbH” kompaniyasi rahbari Frank-Martin Heyzi bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv oldidan xorijlik mehmon akademiya faoliyati bilan tanishtirildi. Unga mamlakatimiz ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash tizimi, ta’lim jarayonidagi ilg‘or yondashuvlar, xalqaro hamkorlik aloqalari haqida ma’lumot berildi.

Frank-Martin Heyzi diqqatga sazovor joylarni ko‘zdan kechirish davomida amaliyotga joriy qilingan yangilanishlar va akademiyaning istiqbolli salohiyatiga yuqori baho berdi.

Tomonlarning uchrashuvida O‘zbekiston – Germaniya munosabatlari, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari, zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurashishda tajriba almashish, kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. Akademiya vakillariga “Intafors GmbH” kompaniyasining korporativ xavfsizlik, iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish va tergov qilish, kiberxavfsizlik hamda boshqa yo‘nalishdagi faoliyati yuzasidan ma’lumot berildi.

Muloqot yakunida huquqni muhofaza qilish va soha uchun kadrlar tayyorlashda tajriba almashinuvini kengaytirish, zamonaviy yutuqlarni ommalashtirish, hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga kelishib olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech