Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Hashar – hamjihatlik tadbiri

14 Mart 2026, 19:52

74

Navro‘z ayyomi yaqinlashgani sayin mahallalarga o‘zgacha fayz kiradi. Tevarak-atrof ko‘rkamlashib, yanayam obod va tarovatli bo‘ladi.

Bayram munosabati bilan uyushtirilgan umumxalq hashari poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Botirma”, “Charx Kamolon - 2”, “Mehrjon” mahallalarida ham ko‘tarinki ruhda tashkil qilindi.

Xayrli tadbirda IIV akademiyasi kursantlari faol qatnashib, yurtdoshlarimizga yaqindan ko‘mak berishdi. Tashabbuskor yoshlarning shijoati bilan hududlardagi ko‘p qavatli uylar, yer uchastkalari atrofi, ko‘cha va yo‘llar, aholi gavjum maskanlar obodonlashtirildi.

Yon-atrofni yashillikka burkab turgan mevali va manzarali daraxtlarga ishlov berildi. Korxonalardan maxsus texnikalar jalb qilinib, chekka joylarda yig‘ilib qolgan shox-shabba va chiqindilar olib chiqildi. Bo‘sh yerlar va aholining dam olishi uchun mo‘ljallangan joylarga ko‘chatlar ekildi.

– Mahallamizdagi 39 ta ko‘p qavatli uyda 6 mingga yaqin aholi yashaydi, – deydi “Mehrjon”MFY yoshlar yetakchisi Abdulla Tog‘ayev. – Hashar bahonasida barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, mahallamiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdik. Tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazishda akademiya yoshlari ham jonbozlik ko‘rsatishdi. Buning uchun ta’lim maskani rahbariyatiga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Chindan ham, obodlik mahallalardan boshlanadi. Bunday ezgu amallar xalqimizni yanada hamjihat qilib, yurtimizni yanada obod va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech