Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

HUQUQNI MUHOFAZA QILIŞ AKADEMIYASIDA XALQARO ANJUMAN BÖLIB ÖTDI

22 Noyabr 2024, 20:45

2312

Poytaxtimizda “Huquqni muhofaza qiliş faoliyati sohasidagi global çaqiriqlar va tahdidlar: zamonaviy strategiya va yeçimlar” mavzuiga bağişlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya taşkil qilindi.

Davlat organlari, diplomatik korpuslar va xalqaro taşkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, xorijiy va mahalliy ekspertlar iştirok etgan anjumanda huquqni muhofaza qiliş sohasida kadrlar tayyorlaşning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tadbir oçilişida Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari S. Ortiqova, Oliy sud raisi örinbosari O. Ismoilov, BMTning mamlakatimizdagi doimiy koordinatori S. Mahl, YXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori A. Karttunen, AQŞ elçisi J. Xenik va boşqalar söz oldi. Hozirgi global şaroitda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlaş, zamonaviy tahdidlar va çaqiriqlarni inobatga olgan holda huquqni muhofaza qiliş faoliyatini takomillaştiriş, turli formatlarda xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Konferensiya yalpi majlisida Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi boşliğining birinçi örinbosari Y. Kolenko, Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği R. Xatamov, Belarus Respublikasi Tergov qömitasi raisining birinçi örinbosari O. Şandaroviç, Qozoğiston Huquqni muhofaza qiliş organlari akademiyasi rektori M. Seksembaev va boşqalar çiqiş qildi. Huquqni muhofaza qiliş sohasida kadrlar tayyorlaşning bugungi holati va istiqbollari, bu borada xorijiy va milliy tajribaning öziga xos jihatlari, integratsiyalaşuv şaroitida ta’limning zamonaviy tendensiyalari va ilğor yondaşuvlari xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Konferensiya “Huquqni muhofaza qiliş sohasida fan va ta’lim, sun’iy intellektni qöllaşning dolzarb masalalari”, “Tergov faoliyatini taşkil etişga yangiça yondaşuvlar: raqamli kriminalistikaning roli”, “Korrupsiyaga qarşi kuraşiş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş: zamonaviy muammolar va tendensiyalar”, “Odam savdosi bilan boğliq jinoyatlarni tergov qiliş ustidan prokuror nazorati samaradorligini oşiriş masalalari” mavzularida taşkil etilgan sessiyalarda davom ettirildi. Iştirokçilar xalqaro taşkilotlar, şuningdek, Fransiya, Polşa, Şvetsiya, Malayziya va MDH davlatlari oliy ta’lim muassasalari ekspertlarining ma’ruzalari, konferensiya maqsadlariga qaratilgan taklif va tavsiyalarini tingladilar.

Xalqaro anjumanda IIV akademiyasi professor-öqituvçilari va kursantlari ham faol qatnaşdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech