Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Içki işlar organlariga metodik yordam körsatilmoqda

13 Oktyabr 2023, 20:35

1916

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini samarali taşkil etiş jinoyatçilikning barvaqt oldi olişga xizmat qiladi.

IIV Akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan hududlarning kriminogen vaziyati va öziga xos xususiyatlarini örganişga qaratilgan örganişlar davom ettirilmoqda.

Örganiş jarayonida mahallalar, ayniqsa “qizil” toifadagi mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabablari, şart-şaroitlari, huquqbuzarlik sodir etgan şaxslar böyiça ma’lumotlar va boşqa kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillar tahlil qilinmoqda.

Şuningdek mahallalarda faoliyat yuritayotgan “beşlik” a’zolari bilan fikr almaşilib, kriminogen vaziyatni yaxşilaş, “yaşil” toifadagi mahallalar soni köpaytiriş, aholi örtasida ijtimoiy profilaktika çora-tadbirlari samaradorligini oşiriş, bu borada yeçimini kutayotgan muammolarni hal etiş yuzasidan zarur tavsiyalar berilmoqda.

Işçi guruhi rejasida ta’lim muassasasini tamomlagan yoş xodimlarning xizmat faoliyatini monitoring qiliş, ular bilan muloqot ötkaziş, muammolarini örganiş, tahlil yakunlari böyiça içki işlar organlariga amaliy jihatdan metodik yordam körsatiş böyiça çora-tadbirlar belgilab olingan.

Akademiya tomonidan mazkur yönalişdagi işlar tizimli davom ettirilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech