Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ichki ishlar xodimi uchun profayling nimaga kerak?

30 Aprel 2026, 21:34

54

IIV akademiyasida psixolog olimlar, mutaxassislar va kursantlar ishtirokida o‘tgan tadbir ana shu mavzuga bag‘ishlandi.

Davra suhbatida profayling metodining imkoniyatlari va bugungi kundagi dolzarbligi haqida fikr almashildi. So‘z olganlar “Profayling tushunchasi, uni samarali qo‘llash metodlari”, “Yolg‘onni aniqlash: jinoyatchi shaxsini noverbal belgilar asosida tahlil qilish”, “Fuqarolar bilan muloqot jarayonida profaylingning ahamiyati”, “Profayling va noverbal psixodiagnostika” mavzularida chiqish qildi.

Ichki ishlar organlarining faoliyat samaradorligini oshirish uchun xodimlar profaylingdan samarali foydalanishni bilishi, zarur psixologik bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini oshirish tizimga zamonaviy yondashuvlarni tatbiq qilishga yo‘l ochishi aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida kursantlarga profayling metodi yordamida fosh etilgan jinoyatlar haqida so‘zlab berildi. Yoshlar nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni puxta o‘zlashtirishi uchun dual ta’lim imkoniyatlaridan unumli foydalanishi zarurligi ta’kidlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech