Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasi magistrlari qonun muhokamasida qatnaşdilar

18 Oktyabr 2023, 18:47

1962

Mamlakatimizda inson qadrini uluğlaşga qaratilgan keng kölamli islohotlar milliy qonunçiligimizda ham öz aksini topmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida bir qator qonun loyihalari atrofliça muhokama qilindi.

Dastlab deputatlar e’tiboriga “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça faoliyatning huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi havola qilindi.

Qonunçilik palatasi Axborot xizmati ma’lumotlariga köra, mazkur qonun loyihasi bilan “Tezkor-qidiruv faoliyati töğrisida”gi qonunning ayrim normalariga qöşimçalar kiritilmoqda. Ya’ni tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oşiriş tartibini aniqlaştiriş, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatçilikka qarşi kuraşişning huquqiy asoslarini mustahkamlaş, tezkor-qidiruv tadbirlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda kibermakonda va (yoki) uning imkoniyatlaridan foydalangan holda ötkazilişi mumkin ekanligi nazarda tutilmoqda.

Şu bilan birga, “Içki işlar organlari töğrisida”gi qonunga jinoyatlarni sodir etgan şaxslarni aniqlaş va qidiriş, şuningdek jazoni ötaşdan böyin tovlayotgan hamda bedarak yöqolgan şaxslarni qidiriş maqsadida ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanişga doir içki işlar organlarining huquqlarini aniqlaştirişni nazarda tutuvçi özgartiriş kiritilmoqda. Bundan taşqari, “Ma’muriy qamoqni ötaş tartibi töğrisida”gi qonun ham jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça faoliyatning huquqiy asoslarini takomillaştirişga qaratilgan qöşimça bilan töldirilmoqda.

Majlisda mazkur özgartiriş va qöşimçalar qizğin muhokama qilindi. Qonun loyihasining qabul qilinişi jamoat tartibini saqlaş va fuqarolar xavfsizligini yanada işonçli ta’minlaşga, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça tadbirlar samaradorligini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.

Şu kuni quyi palataning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi vakillari bilan uçraşuv ham bölib ötdi. Muloqotda qonun loyihalarini işlab çiqiş va qabul qiliş amaliyoti, kutilayotgan yangiliklar xususida fikr almaşildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech