Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasida stol tennisi musobaqasi bölib ötdi

8 Iyun 2024, 21:38

1811

Unda Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurolli Kuçlar akademiyalari, Jamoat xavfsizligi universiteti, Bojxona va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutlari hamda Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti kursantlari qatnaşdi.

Yakka va jamoaviy bahslarda taşkil etilgan mazkur musobaqada sportçilar olimpiya usulidagi qoidalar asosida bellaşdilar. Öyinlar Özbekiston stol tennisi federatsiyasi hakamlari tomonidan kuzatib borildi.

Qizğin bahslar ostida ötgan öyinlar natijalariga köra, yakka tartibdagi bahslarda  Bojxona instituti kursanti Ilhom Nurov 3-örinni, IIV Akademiyasi kursanti Sanjarbek Esirgapov 2-örinni, Çirçiq oliy tank qömondonlik-muhandislik bilim yurti kursanti Javohir Nuraliyev 1-örinni egallagan bölsa, juftlik bahslarida IIV Akademiyasi jamoasi 3-örinni, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi jamoasi 2-örinni, Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi 1-örinni qölga kiritdi.

Musobaqaning umumiy natijalariga köra umumjamoa hisobida 1-örin IIV Akademiyasi, 2-örin Bojxona instituti, 3-örin Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi jamoalariga nasib etdi.

Musobaqa yakunida ğolib va sovrindorlar diplom, medal, qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.

 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech