Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

IIV Akademiyasining kunduzgi taʼlim bakalavriatiga qabul imtihonlari bölib ötdi

9 Iyul 2024, 16:29

13121

IIV Akademiyasida joriy yilning 24-iyun kunidan 7-iyul kuniga qadar “Abituriyent – 2024” imtihonlari bölib ötdi. Unda 3 mingdan ziyod nomzod taʼlim muassasasining kunduzgi taʼlim bakalavriatida öqiş istagini bildirib, imtihonlarda iştirok etdi.

Kiriş imtihonlari 2 bosqiçda – maxsus kasbiy tanlov va yakka tartibdagi yakuniy suhbat tarzida amalga oşirildi. Dastlabki bosqiçda har bir nomzodning salomatlik holati, yozma nutqi va savodxonligi, xorijiy tillardan birini qay darajada özlaştirgani hamda umumjismoniy tayyorgarligi sinovdan ötkazildi. “Ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yönalişi böyiça hujjat topşirgan nomzodlardan tanlagan sohasining xususiyatidan kelib çiqqan holda yozma iş (bayon) örniga kimyo va fizika fanidan oğzaki, xorijiy tildan test sinovining örniga matematika fanidan test sinovlari qabul qilindi.

Yuqoridagi sinovlardan yetarli ballarni qölga kiritgan nomzodlar esa huquqşunoslik, Özbekiston tarixi va tarbiya fanlaridan ötkazilayotgan yakka tartibdagi yakuniy suhbatda öz bilimlarini namoyon etişdi.

Aytiş joizki, imtihon jarayonlarini şaffof ötkaziş maqsadida nomzodlar uçun maxsus raqamlangan kartoçkalar joriy qilingan. Yaʼni har bir nomzod imtihonni mazkur kartoçka orqali topşiradi va uning şaxsiga doir maʼlumotlari oşkor qilinmaydi. Jarayon yakunida esa ular olgan ballar öqib eşittiriladi. Bundan taşqari kunlik natijalar IIV Akademiyasi rasmiy telegram kanalida eʼlon qilib borildi.

Imtihonlar IIV sohaviy xizmatlari, yetakçi oliy taʼlim muassasalari mutaxassislari hamda Akademiya professor-öqituvçilari tomonidan qabul qilindi. Yana bir muhim jihati, tibbiy körikdan yakuniy suhbatgaça bölgan barça bosqiçlar onlayn vaqt rejimida videotasvirga tuşirildi. Bu esa natijadan köngli tölmagan nomzodlarning murojaatlarini xolisona körib çiqişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Maʼlumot örnida aytiş kerakki, joriy öquv yilida Akademiyaning kunduzgi taʼlim bakalavriatiga 7 ta – “tezkor-qidiruv faoliyati”, “huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati”, “jazoni ijro etiş faoliyati”, “xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik taʼminlaş”, “taşkiliy-ştab faoliyati”, hamda “probatsiya faoliyati” ixtisoslik yönalişlari böyiça nomzodlar qabul qilinadi.

Nomzodlarning yakuniy natijalar IIV Akademiyasi rasmiy telegram kanalida eʼlon qilinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech