Sayyor amaliy mashg‘ulotlar hududlardagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, nazariy bilimlarni zarur ko‘nikmalar orqali mustahkamlash imkonini beradi.
IIV akademiyasi magistraturasining “tashkiliy-strategik boshqaruv” va “tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchilari uchun Toshkent viloyati IIBB Tezkor boshqaruv markazi hamda O‘rta Chirchiq tumani IIBga qarashli 19-sonli namunali huquq-tartibot maskanida navbatdagi mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
Mashg‘ulotlar jarayonida boshqaruv markazining imkoniyatlari, bu yerda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar, hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, namunali huquq-tartibot maskani faoliyati bilan tanishildi.
Sayyor mashg‘ulotlar tinglovchilarning ichki ishlar organlari faoliyatni tashkil etish va boshqarishga doir ko‘nikmalarini boyitishga, ijobiy yutuqlarni o‘zlashtirishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati