IIV akademiyasida “Ajdodlar xotirasi – mangu barhayot” nomli ko‘rik-tanlov tashkil etildi.
“Tanishtiruv va she’riy monolog”, “Sahna ko‘rinishi”, “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir davomida kursantlar Vatan ozodligi, istiqlol va hurlik uchun kurashgan ota-bobolarimiz hayotini o‘z chiqishlari orqali yoritib berishga harakat qildilar.
Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlov yakunida “Jayhun” jamoasi birinchi, “Xotira alangasi” jamoasi ikkinchi, “Turkiston” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati