Volgograd Içki işlar vazirligi akademiyasida “Politsiya kadrlarini tayyorlaş: tajriba va an’analar” mavzuiga bağişlangan ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.
Xalqaro anjumanda MDHga a’zo davlatlarning 20 dan ortiq turdoş oliy ta’lim muassasalari, şu jumladan, Özbekiston Respubilikasi IIV akademiyasidan vakillar, ekspert va olimlar, yoş tadqiqotçilar hamda kursantlar iştirok etdi.
Yalpi majlis va sessiyalar körinişida davom etgan konferensiyada içki işlar (politsiya) organlari uçun kadrlar tayyorlaşning bugungi holati, bu borada amaliyotga joriy qilingan ilğor yondaşuv va tajribalar, innovatsion ta’limni rivojlantiriş tendensiyalari atrofliça muhokama qilindi. Sözga çiqqanlarning dolzarb mavzudagi ma’ruzalari, ilmiy asoslangan takliflari tinglandi.
Aytiş joizki, konferensiya doirasida vakillarimiz Volgograd akademiyasi faoliyati bilan tanişib, ixtisoslik kafedralarida yölga qöyilgan ilğor yondaşuvlar, ta’lim jarayonida qöllanilayotgan zamonaviy texnik vosita va dasturlarni közdan keçirdilar. Bundan taşqari, mazkur ta’lim muassasasida tahsil olayotgan özbekistonlik kursantlar bilan uçraşib, muloqot qildilar.
IIV akademiyasi Axborot xizmati