Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilm-fanga befarq bo‘lmagan barcha yoshlar birlashdi

26 Noyabr 2025, 05:11

128

17–22-noyabr kunlari IIV akademiyasida “Kursantlarning ilmiy yutuqlari va innovatsion g‘oyalari” III ilm-fan festivali bo‘lib o‘tdi.

Tadbir ochilishida akademiya boshlig‘i o‘rinbosari Ruftullo Nigmatov so‘z olib, ilm-fan va innovatsiyalar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tayanchi ekanligini, an’anaviy festival olimlar, yosh tadqiqotchilar va kursanlar uchun ilmiy maydonga aylanib borayotganini ta’kidladi.

Yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning ilmiy g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida faol ishtirokini ta’minlashni ko‘zlagan festival doirasida dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil qilindi.

Bundan tashqari, ishtirokchilar “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktikani amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlari”, “Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati”, “Mahkumlar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari” kabi mavzularda o‘tkazilgan davra suhbatlarida atroflicha fikr almashdi.

Ayniqsa “Kiberxavfsizlik bilimdoni”, “Huquqiy viktorina” “Zakovat”, “Kriminologiya bilimdoni” bellashuvlari kursantlarning kasbiy bilimi, intellektual salohiyati va huquqiy dunyoqarashini boyitishga, ularni yangi yutuq va g‘oyalar sari ruhlantirishga xizmat qildi.

Besh kun davom etgan festival yakunida eng faol va tashabbuskor yoshlar sertifikat bilan taqdirlandi. Muhimi, tadbir kursantlarning o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etishida ulkan imkoniyat yaratdi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech