Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari

14 Fevral 2026, 18:41

79

Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida o‘tkazilgan tadbir shu mavzuga bag‘ishlandi.

Tadbirda davlat va jamiyat hayotida xotin-qizlarning o‘rni, ular uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ilm-ma’rifatli, faol va tashabbuskor ayollar erishayotgan yutuqlar e’tirof etildi.

Oliy Majlis Senati a’zosi Malika Qodirxonova so‘z olib, mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida xotin-qizlar masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani alohida ta’kidladi.

Buning samarasi o‘laroq, bugunga kelib xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foiz, tadbirkorlik sohasida 45 foiz, siyosiy partiyalar safida esa 49 foizga yetgani qayd etildi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini, Senat a’zolarining 27 foizini ayollar tashkil etmoqda. Keyingi yillarda vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda faoliyat yuritayotgan ayollar ulushi salkam 3 barobarga oshgan. Bundan tashqari, so‘nggi 7 yil ichida 5,2 ming nafar ayol fan doktori (DSc) va o‘z sohalari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan.

Muloqot ruhida o‘tgan tadbirda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ilmiy-intellektual salohiyatini yuksaltirish, oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar e’tirof qilindi.

Sud-huquq tizimi, qonun ijodkorligi, ta’lim va boshqa sohalarda samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar so‘z olib, o‘z fikr-mulohazalari, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish yo‘lida olib borayotgan faoliyatlari, istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech