Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

04 Noyabr 2024, 08:11

233

IIV akademiyasida ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tizimdagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda mavzu atroflicha muhokama qilindi. Ichki ishlar vazirligi vakillari, shuningdek, Malaka oshirish instituti, 1 va 2-sonli akademik litseylar hamda akademiya professor-o‘qituvchilarining ma’ruzalari tinglandi.

Ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar va jismoniy tayyorgarligini zamon talablari darajasida oshirish, ta’lim muassasalarida ilg‘or yondashuvlarni joriy etish, xorij tajribalari asosida faoliyatni takomillashtirish, tizimdagi muammolarning ilmiy-amaliy yechimlarini tadqiq qilish, soha uchun kadrlar tayyorlashda zamonaviy tendensiyalarni inobatga olish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech