Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ilmiy hamkorlik kengayadi

25 Noyabr 2026, 18:31

13

Içki işlar (politsiya) organlari rahbar kadrlarini tayyorlaş böyiça MDHga a’zo davlatlar oliy ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi huzuridagi Ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlar xalqaro ilmiy laboratoriyasining yiğilişi bölib ötdi.

Videokonferensaloqa formatida ötgan yiğilişda Rossiya, Belarus, Tojikiston, Qizğiziston, Qozoğistonning 10 dan ziyod turdoş öquv muassasalari, şu jumladan, mamlakatimizdan Içki işlar vazirligi akademiyasi hamda Malaka oşiriş instituti vakillari qatnaşdi.

Yiğilişda içki işlar (politsiya) organlari faoliyatiga ilmiy yondaşuvlarni keng joriy qiliş, huquqni qöllaş amaliyotidagi muammolarning ilmiy-nazariy asoslarini takomillaştiriş, bu borada ta’lim muassasalari örtasida tajriba almaşinuvini kengaytiriş, qöşma tadqiqotlar ötkaziş orqali ilğor yondaşuv va yeçimlarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.

Muhokamalar jarayonida IIV akademiyasi vakillari tomonidan dolzarb takliflar, xususan, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimida ijtimoiy profilaktikaning ahamiyatini oşiriş, narkojinoyatlarga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston tajribasining öziga xos jihatlari, kiberjinoyatlarni oçiş, tergov qiliş va oldini oliş metodikasini takomillaştiriş, sudga qadar iş yurituvida içki işlar organlari bölinmalarining hamkorligini kuçaytiriş, jinoyatçilikni kriminologik prognozlaş tizimini rivojlantiriş böyiça mulohazalar örtaga taşlandi.

Şuningdek, yiğiliş qatnaşçilari xalqaro ilmiy laboratoriyaning kelgusi yilga möljallangan qöşma ilmiy tadbirlari reja-jadvalini muhokama qilib, xalqaro va idoralararo ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantiriş, qöşma ilmiy-amaliy konferensiya, seminar va boşqa tadbirlarni taşkil etiş, huquqni muhofaza qiliş faoliyatining dolzarb yönalişlari böyiça tadqiqotlarni faollaştirişga kelişib oldi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech