Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ingliz tili bilimdonlari

24 Aprel 2026, 20:44

154

IIV akademiyasi kunduzgi ta’limining 1-bosqich kursantlari o‘rtasida ingliz tili bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Xorijiy tillarni biluvchi yoshlar safini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, tizim uchun yetuk salohiyatli kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil qilingan tadbirda 3 ta jamoa o‘zaro bellashdi.

Ko‘rik-tanlovning birinchi sharti “Tanishtiruv” deb nomlangan bo‘lsa, ikkinchi shartda ishtirokchilar tezkor savol-javob sinovidan o‘tdilar. Uchinchi shartda har bir jamoa ekranda namoyish etilgan videolavhani sharhlab berdi. Nihoyat, yakuniy shart uchun erkin mavzu tnalanib, unda kursantlar sahna ko‘rinishi orqali o‘z bilim va iqtidorlarini namoyon etdilar.

O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, IIV akademiyasining Xorijiy tillar markazi vakillari hakamlik qilgan ko‘rik-tanlov yakunida faxrli o‘rinlar sohibi aniqlanib, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech