IIV Akademiyasida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi: ustuvor maqsad va vazifalar” mavzusida davra suhbati ötkazildi.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bilan hamkorlikda ötkazilgan tadbirda ixtisoslik va yuridik kafedralar professor-öqituvçilari, ilmiy izlanuvçilar hamda kunduzgi ta’lim kursantlari iştirok etdi.
Davra suhbatida parlament deputatlari Nodira Djanibekova va Muhtabar Husanovalar sözga çiqib, mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillaştiriş maqsadida olib borilayotgan izçil islohotlarga töxtalib ötişdi.
Qayd etilganidek, inson huquqlari sohasidagi ta’lim masalasiga davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimizning 2023-yil 7-fevraldagi “Özbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori qabul qilingan. Milliy ta’lim dasturi BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya töğrisidagi Deklaratsiyasi qoidalari va inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining törtinçi bosqiçini amalga oşiriş, uşbu yönalişda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini yanada oşirişga qaratilgan.
Şuningdek, tadbirda inson huquqlari sohasidagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş, inson huquq va erkinliklarini örganuvçi institutlar tizimini kengaytiriş, ularning inson huquqlari sohasidagi işlarini muvofiqlaştiriş masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati