Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

INSON QADRINI ULUĞLAŞ AYOLLARNI ULUĞLAŞDAN BOŞLANADI

7 Mart 2025, 21:35

1398

Jamiyatda yuksak insoniy qadriyatlarni kamol toptirişda, oila qörğonini mustahkamlaşda ayollarning örni beqiyos. Xotin-qizlar munosib qadrlangan yurtda tinçlik, farovonlik va yaratuvçanlik hukm suradi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Içki işlar vazirligi akademiyasida bölib ötgan tantanali tadbirda ta’lim muassasasi rahbari Rustam Xatamov söz olib, yiğilganlarni samimiy tabrikladi. 

Akademiya boşliği inson qadri yuksalayotgan yurtimizda ayollarga körsatilayotgan yuksak e’tibor va ğamxörlikni e’tirof etib, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini tölaqonli ta’minlaş, qadr-qimmatini uluğlaş Yangi Özbekistonning davlat siyosatida yetakçi örin egallaşini alohida ta’kidladi.

– Ayollarimiz zimmasida mas’uliyatli vazifalar köp, şular içida eng uluği va şaraflisi farzand tarbiyasidir. Çunki mamlakatimizning buguni va ertasini öğil-qizlarimiz belgilaydi. Şunday ekan, kelajagimiz davomçilarini yetuk bilimli, yetuk salohiyat va ma’naviyatli, çinakam vatanparvar insonlar etib voyaga yetkaziş sizlarning, fidoyi onalarning qölida, – dedi akademiya boşliği.

Tadbirda öquv dargohida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ibratli faoliyati, turli jabhalarda erişayotgan yutuqlari e’tirof etildi. Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida içki işlar organlarini xalqçil tuzilmaga aylantiriş, soha uçun yangi avlod kadrlarini tayyorlaş borasida amalga oşirilayotgan izçil islohotlar jarayonida xotin-qizlarning iştirokini kuçaytiriş,  olima ayollar safini kengaytiriş, ta’lim-tarbiya sifatini oşiriş ustuvor vazifalar ekanligi ta’kidlandi.

 Bayram tadbirida faol va taşabbuskor xotin-qizlar Içki işlar vazirligining idoraviy mukofotlari hamda akademiya boşliği tomonidan qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi. Badiiy havaskorlik jamoalarining Vatan, ona, munis ayollar haqidagi kuy-qöşiqlari yiğilganlarga bayramona kayfiyat ulaşdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech