Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ishchi guruhlarga dolzarb vazifalar yuklandi

28 Mart 2026, 19:26

121

Poytaxtimizning Sergeli tumanida “poytaxt tajribasi” asosida mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Choriyev, IIV akademiyasi boshlig‘i Rustam Xatamov, Bojxona instituti boshlig‘i Mira’zam Hamroyev, shuningdek mazkur ta’lim muassasalaridan ishchi guruh vakillari hamda Sergeli tuman IIO FMB rahbariyati qatnashdi.

Yig‘ilishda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha namunaviy amaliyotni samarali joriy etish, mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilikni jilovlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, aholi muammolarini manzilli hal etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Bugungi kunda poytaxt tumanlarida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, jamoat xavfsizligi kuch-vositalarini boshqarishning yaxlit tizimi yaratilgani ta’kidlandi. Ishchi guruhlar hududlarning kriminogen vaziyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillarni chuqur o‘rganishi, ularni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqib, amaliyotga samarali joriy qilishi zarurligi aytildi.

Yig‘ilishda mas’ul rahbarlar tomonidan mahallalarning kriminogen vaziyati atroflicha tahlil qilindi. Shundan kelib chiqib, har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Hududlarni o‘rganishda mahalla bo‘g‘ini bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularning murojaatlariga tezkorlik bilan munosabat bildirish, muammolarini hal etish, nizoli oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy profilaktikani kuchaytirish, eng muhimi, natijadorlikka erishishga alohida e’tibor qaratish lozimligi qayd etildi.

Shu kuni hududlarga biriktirilgan ishchi guruh vakillari hamda tuman ichki ishlar organi mas’ullarining takliflari ham tinglandi. Mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikni keskin kamaytirish, hududlarni har tomonlama rivojlantirish orqali aholi roziligiga erishish, bunda “mahalla yettiligi” tizimining imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech