Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Islohotlar samarasi mahallalar tinçligi va osoyiştaligiga boğliq

7 Dekabr 2023, 10:13

2077

Yurtimizda mahalla institutini rivojlantiriş va şu orqali xalq manfaatlarini közlaydigan samarali tizim yaratiş borasida izçil islohotlar amalga oşirilmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz bu haqda töxtalib, mahallalar xalq bilan davlat örtasida köprik bölişi kerakligini alohida ta’kidlagan edi. Zero, inson qadrini uluğlaşga qaratilgan ezgu işlar samarasi, avvalo, mahalla hayotida, aholining turmuş farovonligida namoyon böladi. Buning uçun har bir mahalla jinoyatdan xoli bölişi kerak.

Şu kunlarda Içki işlar vazirligi akademiyasi professor-öqituvçilaridan iborat işçi guruh tomonidan Samarqand viloyatidagi kriminogen vaziyati oğir mahallalarda örganişlar olib borilmoqda. Bundan közlangan maqsad xalq bilan yuzma-yuz muloqot qiliş, ularning muammolarini tinglaş, jinoyatçilikni jilovlaş böyiça hududlarga ilmiy-amaliy yordam körsatişdan iborat. 

Samarqand şahrining “Boğisaroy” va “Abu Rayhon Beruniy” mahallalarida bölib ötgan uçraşuvda işçi guruh rahbari Rustam Xatamov “mahalla yettiligi” a’zolari, ularga yaqin kömakçi bölayotgan faollar bilan muloqot qildi. Yiğilişda mazkur mahallalarning kriminogen holati, jinoyatçilikni jilovlaş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar atrofliça tahlil qilindi. Mas’ullarga mavjud ahvolni tubdan yaxşilaş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş, ayniqsa ijtimoiy profilaktikani kuçaytiriş borasida zarur tavsiyalar berildi.

Şu kunning özida tuman (şahar) içki işlar organlari boşliqlari örinbosarlari uçun öquv maşğuloti ham taşkil qilindi. Jonli muloqot tarzida ötgan maşğulotda tizimdagi izçil islohotlar, faoliyatni taşkil etişning zamonaviy yondaşuvlari, rahbar kadrlarga qöyilayotgan dolzarb talablar, jinoyatçilikni jilovlaşning samarali mexanizmlari tuşuntirib ötildi. 

Işçi guruh tomonidan huquqbuzarlikning sabablarini aniqlaş va unga imkon berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etişga qaratilgan örganişlar davom ettirilmoqda.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech