Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jahon kubogida 2 nafar kursantimiz bronzaga sazovor böldi

10 Oktyabr 2023, 19:26

2207

Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida ITKF karate-do böyiça ösmir yoşlar va kattalar örtasida jahon kubogi bellaşuvlari bölib ötdi.

Xalqaro ITKF karate-do federatsiyasi bilan hamkorlikda taşkil qilingan nufuzli musobaqada Misr, Quvayt, Hindiston, Isroil, Jazoir, Italiya, Braziliya kabi 26 dan ziyod davlatning 800 ga yaqin karateçilari ğoliblik uçun kuraş olib bordi. 

Musobaqa oçilişida sözga çiqqanlar mamlakatimizda karate sport turini rivojlantirişga qaratilayotgan e’tibor va körilgan tayyorgarlik jarayonlariga yuqori baho berişdi.

Uç kun davom etgan jahon kubogida muxlislar “kata”, “jamoaviy kata”, “kumite” va boşqa yönalişlarda keçgan qiziqarli bahslar guvohi bölişdi. Terma jamoamiz sovrindorlari orasida IIV Akademiyasi kursantlaridan Jasur Turopov va Husan Fayzullayevlar bronza medallariga sazovor bölgani e’tiborga molik.

Yakunda umumjamoa hisobida Özbekiston terma jamoasi birinçi, misrliklar ikkinçi, Falastin sportçilari esa uçinçi örindan joy oldi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech