Qurolli Kuçlar akademiyasida “Jadidlar – millat fidoyilari” körik-tanlovining respublika bosqiçi bölib ötdi.
Turdoş oliy ta’lim muassasalari örtasida ötkazilgan körik-tanlovda oltita jamoa iştirok etdi. Bellaşuv 4 şartdan iborat böldi. Kursant yoşlar jadidçilik harakati namoyandalarining hayoti, serqirra ijod faoliyati, ma’rifatparvar bobolarimiz asarlarining ğoyaviy mazmuni va bugungi zamon uçun ahamiyatini öz çiqişlari orqali yoritib berdilar.
Savol-javoblar, qiziqarli sanha körinişlari va munozaralarga boy ötgan körik-tanlovda Qurolli Kuçlar akademiyasining “Ma’rifat” jamoasi birinçi, Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasining “Iftixor” jamosi ikkinçi, Içki işlar vazirligi akademiyasining “Uyğoniş” jamoasi uçinçi örinni egalladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati