Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jangovar-jismoniy ko‘nikmalar mustahkamlandi

27 Fevral 2026, 13:43

113

Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Krasnodar universiteti bilan hamkorlikda onlayn amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Galdagi mashg‘ulot odatdagilardan boshqacha o‘tdi. Universitetning Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatib berilgan usullarni IIV akademiyasi kursantlari amaliy tarzda bajarishdi.

Sovuq va o‘qotar qurollar bilan hujum qilinganda himoyalanish, huquqbuzarni qo‘lga olish hamda tashqi tintuv o‘tkazishning zamonaviy texnikalari yoritilgan mashg‘ulot davomida kursantlarimiz kasbiy faoliyatda qo‘l kelishi mumkin bo‘lgan jangovar va jismoniy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Mashg‘ulot yakunida kursantlarga zarur amaliy tavsiyalar berildi. Ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari qo‘shma amaliy mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etishga kelishib oldilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech