Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

“Jayhun” jamoasi g‘olib bo‘ldi

9 May 2026, 18:51

78

IIV akademiyasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Ajdodlar xotirasi – mangu barhayot” nomli ko‘rik-tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir yoshlar qalbida bugungi osoyishta hayot yo‘lida jasorat ko‘rsatgan ajdodlarimizga hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, vatanparvarlik, sadoqat va mas’uliyat hissini yanada mustahkamlashga qaratildi.

Final bahsida 1-o‘quv kursining “Jayhun” jamoasi va 2-o‘quv kursining “Mangulik” jamoasi a’zolari “Tanishuv va she’riy monolog”, “Sahna ko‘rinishi”, “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha iqtidorlarini namoyish etishdi.

Tadbir yakunida kursantlarning ijodiy yondashuvi, sahna madaniyati, jamoaviy hamjihatligi hamda aktyorlik mahorati hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, natijalarga ko‘ra, “Jayhun” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech