Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyat uchun javobgarlik muqarrar

5 Fevral 2026, 21:27

34

Yoshlar ko‘p hollarda nazoratsiz qolganligi tufayli huquqbuzarlikka qo‘l uradi. Ularni bunday illatlardan asrash barchamizning vazifamiz.

Chirchiq shahrida joylashgan 1-son texnikumdagi profilaktik tadbir ana shu maqsadda tashkil qilindi. Unda o‘quv maskani rahbarlari va o‘qituvchilari bilan birga, bu yerda ta’lim olayotgan o‘quvchilar qatnashdi.

Tadbirda yoshlar tomonidan axborot texnologiyalari yordamida sodir qilinayotgan jinoyatlar haqida so‘z bordi. IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchisi, podpolkovnik Baxtiyor Najmiddinov so‘zga chiqib, ushbu turdagi jinoyatlarning asl omillari, huquqiy oqibatlari va barvaqt oldini olish choralari haqida ma’ruza qildi.

Texnikum yoshlariga internet tarmog‘idan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, kibertahdidlardan himoyalanish, qonunga zid illatlardan yiroq bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi. Har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik mavjudligi kiberjinoyat sodir etgan yoshlar misolida tushuntirib o‘tildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech