18–22-dekabr kunlari IIV Akademiyasi professor-öqituvçilaridan iborat işçi guruh Toşkent viloyatining Angren şahrida böldi.
Xizmat safari davomida kriminogen vaziyat bilan boğliq dolzarb masalalar, ya’ni jinoyatçilikning umumiy salmoği, sodir etilayotgan huquqbuzarliklar sabablari, bunga imkon berayotgan şart-şaroitlar, jinoyatçilikni jilovlaşga qaratilgan profilaktik çora-tadbirlar hamda mavjud muammolar ilmiy diagnoz asosida örganildi. Şu bilan birga, işçi guruh a’zolari kriminogen vaziyati oğir mahallalarga çiqib, faollar bilan uçraşdilar. Muloqot çoğida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş maqsadida amalga oşirilayotgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Örganişlar yakuni böyiça hududning öziga xos xususiyatini inobatga olgan holda qator takliflar işlab çiqildi. Jumladan, jinoyatçilikni jilovlaş, aholi bandligini oşiriş, mahallalarda ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan tegişli dasturlar asosida manzilli işlaş, sayyohlik oqimi yuqori hududlarga qöşimça kuç va vositalarni jalb qiliş, aholi gavjum va jinoyat köp sodir etilayotgan joylarni qöşimça kuzatuv kameralari bilan ta’minlaş, fuqarolar örtasida huquqiy tarğibot işlarini kuçaytiriş yuzasidan aniq çora-tadbirlar belgilab olindi.
Bundan taşqari, örta böğin rahbarlari bilan qisqa muddatli öquv maşğuloti taşkil etilib, içki işlar organlaridagi islohotlarning mazmun-mohiyati, dolzarb vazifalar, faoliyat samarali taşkil mexanizmlari tuşuntirib ötildi.
Xulosa qilib aytganda, “mahallabay” yondaşuv asosida olib borilgan örganişlar öz ijobiy natijasini körsatişi, şubhasiz. Aslida maqsad ham şu – ulkan iqtisodiy salohiyatga ega, viloyatning turizm markazlaridan biriga aylanib borayotgan Angren şahrini jinoyatdan xoli hududga aylantirişdir.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati