Joriy yilning 4-8-dekabr kunlari IIV akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan Samarqand viloyatining kriminogen vaziyati örganildi.
Faoliyat davomida akademiya boşliği Rustam Xatamov rahbarligidagi işçi guruh vakillari “qizil” toifadagi mahallalarga çiqib, hududlarning kriminogen ahvoli bilan yaqindan tanişdilar. Xususan, Samarqand şahri, Oqdaryo, Samarqand, Pastdarğom va Bulunğur tumanlarining “Boğisaroy”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Kumuşkent”, “Yangi hayot”, “Özbekiston”, “Navröz”, “Xöja Ahror Valiy”, “Bözi”, “Yangi ariq”, “Gumbaz”, “Amir Temur”, “Mehrjon”, “Bulunğur”, “Yangiqörğon”, “Samarqand”, “Uluğbek”, “Boğbon” mahallalarida bölib ötgan uçraşuvlarda mavjud holat mas’ullar va “yettilik” a’zolari iştirokida muhokama qilindi.
Tahlillarga köra, viloyatda firibgarlik, öğrilik, tan jarohati yetkaziş, bezorilik va yöl-transport hodisalari bilan boğliq huquqbuzarliklarning salmoği yuqoriligiça qolmoqda. Masalan, firibgarliklarning aksariyati fuqarolarni xorijga yuboriş, iş yoki işga joylaştirib qöyiş, uy-joy oldi-sotdisi va boşqa şu kabi holatlarda sodir qilingan. Öğrilik jinoyatlariga esa aholining öz mol-mulkini qarovsiz qoldirayotgani, jamoat joylari va aholi gavjum maskanlarning kuzatuv kameralari bilan töliq qamrab olinmagani şart-şaroit yaratmoqda.
Örganişlar jarayonida kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir körsatayotgan omillarga alohida e’tibor qaratildi. Mahalla faollariga ijtimoiy profilaktikani samarali taşkil etiş, aholi bandligiga kömaklaşiş, yoşlar, ayniqsa huquqbuzarlik sodir etgan şaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlar ötkaziş, ijtimoiy moslaştiriş çora-tadbirlarini amalga oşiriş, xotin-qizlarni kasb-hunarga yönaltiriş, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib çiqib tadbirkorlikni rivojlantiriş orqali jinoyatçilikni jilovlaş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Bundan taşqari, tuman (şahar) içki işlar organlari boşliqlari örinbosarlari va sohaviy xizmatlar rahbarlari uçun qisqa muddatli öquv seminari taşkil etilib, jamoat xavfsizligini ta’minlaş va kriminogen vaziyatni yaxşilaş böyiça talablar yetkazildi.
Bir söz bilan aytganda, “mahallabay” tizim asosida olib borilgan örganişlar davomida hududlarning kriminogen vaziyatiga boğliq heç bir masala e’tibordan çetda qolgani yöq. Galdagi ustuvor vazifa jinoyatçilikning sabab va şart-şaroitlarini bartaraf etişga qaratilgan takliflarni amaliyotga samarali tatbiq etişdir.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati