Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Jinoyatçilikning oldini olişdagi ilğor tajribalar muhokama markazida böldi

30 Noyabr 2023, 21:57

2160

Içki işlar vazirligi akademiyasida “Jinoyatçilikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasidagi ilğor tajribalar” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

Anjuman Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, vazirlik va idoralar vakillari, şuningdek yurtimiz va xorijning bir qator yetakçi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda taşkil etildi.

Akademiya boşliğining örinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov ilmiy-amaliy anjumanning maqsad va vazifalariga töxtalib, bugungi globallaşuv şaroitida terrorizm, ekstremizm va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi, jinoiy yöl bilan topilgan mulklarni legallaştiriş, korrupsiya, odam savdosi va kiberjinoyatçilik kabi jinoyatlar davlatlar va butun insoniyatning xavfsizligiga tahdid solayotgani davlatlarning bu sohadagi hamkorligini yanada kengaytiriş zaruratini keltirib çiqarayotganiga e’tibor qaratdi.

Onlayn va oflayn formatda taşkil etilgan mazkur anjumanda, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) Raxmonova Surayyo Maxmudovna, söz olib, mamlakatimizda voyaga yetmaganlar (bolalar)ga nisbatan zöravonlikning turli körinişlariga qarşi kuraşişning huquqiy mexanizmlari töğrisida töxtalib ötdi. Asosiy ma’ruzaçilar qatorida Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Tojikiston, Qozoğiston va Qirğiz Respublikasi hamda Özbekiston huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari, ta’lim muassasalari vakillarining ma’ruzalari tinglandi.

Kunning ikkinçi yarmida xalqaro anjuman işi sessiyalarga bölingan holda davom ettirildi. Xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan “Xalqaro jinoyat qonunçiligi – transmilliy jinoyatçilikka qarşi kuraşişning vositasi sifatida”, “Yuridik şaxslarning jinoiy javobgarligi: nazariy-huquqiy tartibga soliş va huquqni qöllaş amaliyoti masalalari”, “Jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlaşda sun’iy intellektdan foydalaniş”, “IIOlarining terrorizmga qarşi kuraşiş faoliyatining dolzarb yönalişlari”, “Maişiy zöravonlikni oldini olişning psixologik va huquqiy jihatlari”, “Kiber jinoyatçilikning turlari va uning oldini oliş masalalari” kabi mavzular doirasida fikr-mulohazalar bildirildi.

Jinoyatçilikning oldini oliş va unga qarşi kuraşiş sohasidagi ilğor tajribalariga qaratilgan qator taklif hamda tavsiyalar işlab çiqildi. Bu borada konferensiya yakunlariga bağişlangan ilmiy maqolalar töplamini çop etişga kelişib olindi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech