IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida ta’lim olayotgan kursantlar uchun onlayn formatdagi mashg‘ulot tashkil qilindi.
Qirg‘iziston Respublikasi IIV akademiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mashg‘ulotni mazkur ta’lim muaasasasi professori Saginbek Kadirbekov olib bordi.
Tajribali mutaxassis kibermakonda yuzaga kelayotgan tahdid va xatarlar, axborot texnologiyalari yordamida sodir qilinayotgan jinoyatlar, kiberfiribgarlikning zamonaviy ko‘rinishlari, ularning sodir etilish usullari va oldini olish choralari, ichki ishlar organlari uchun kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi.
Mashg‘ulot internet makonida xavfsizlikni ta’minlash dolzarb muammoga aylanayotgan hozirgi sharoitda o‘zaro tajriba almashish, kursantlarning bilim va ko‘nikmalarin oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati