Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kibermadaniyat – davr talabi

5 Fevral 2026, 20:44

43

Raqamli texnologiyalar hayotimizga chuqur kirib kelayotgani sayin kiberjinoyatlar soni va xavfi ham oshib bormoqda.

Yoshlarni internet makonidagi tahdid va xatarlardan ogoh etish maqsadida poytaxtimizdagi “International House Toshkent” hamda “International Finance” akademik litseylarida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilindi.

Unda IIV akademiyasi magistraturasi tinglovchilari Firdavs Muhammadiyev va Ismoil Achilov so‘z olib, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, ushbu turdagi jinoyatlarni fosh etish maqsadida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikda belgilangan javobgarlik masalalariga to‘xtalib o‘tishdi.

Shu kuni yoshlar tomonidan sodir etilayotgan kiberjinoyatlar tahlil qilinib, o‘quvchilarga huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi. Internetdan xavfsiz foydanish uchun axborot texnlologiyalariga oid bilimlar bilan birga, kibermadaniyatni shakllantirib borish zarurligi ta’kidlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech