Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kibersport: kursantlarimiz g‘olib

14 Fevral 2026, 19:20

88

Jamoat xavfsizligi universitetida turdosh oliy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Sakkizta jamoa ishtirok etgan musobaqada IIV akademiyasi kursantlari munosib qatnashdi. Vakillarimiz ilk bosqichda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, ikkinchi bosqichda Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi jamoasini mag‘lub etdi.

Finalda mezbon jamoa ustidan qozonilgan g‘alaba kursantlarimizga musobaqa g‘olibligini taqdim etdi. Yakunda sovrinli o‘rin sohiblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech