IIV akademiyasida Belarus Respublikasi Tergov qo‘mitasi bilan hamkorlikda kiberjinoyatlarni tergov qilish yo‘nalishida seminar-trening o‘tkazildi.
Ikki kun davom etgan mashg‘ulotlarga ichki ishlar va prokuratura tizimida faoliyat yuritayotgan tergovchilar, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi hamda Huquqni muhozafa qilish akademiyalaridan professor-o‘qituvchilar jalb qilindi.
Xorijiy mutaxassis tomonidan hozirgi kunda ommalashayotgan kiberjinoyatlar, ularning zamonaviy ko‘rinishlari, axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilayotgan jinoyatlarga qarshi kurashish va ularni tergov qilishning samarali usullari, bu borada Belarus huquqni muhofaza qiluvchi organlarida shakllangan ijobiy tajribalar yoritildi. Sohadagi muammolar tahlil qilinib, ularning yechimlariga qaratilgan amaliy yondashuvlar o‘rtoqlashildi.
Mazkur yo‘nalishda muntazam tajriba almashish kiberjinoyalarni aniqlash, fosh etish va tergov qilish samaradorligini oshirishga, soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada yuksaltirishga, huquq-tartibot organlari faoliyatini zamonaviy tendensiyalarga mos holda tashkil etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati