Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Kichik final”: bugun mashg‘ulotlarning so‘nggi kuni

17 May 2025, 12:05

253

IIV akademiyasida joriy hafta davomida “Kichik final” kompleks o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarga kunduzgi ta’lim 1-o‘quv kursi kursantlari jalb qilindi.

Aytish joizki, ixtisoslik kafedralari tomonidan mashg‘ulotlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun qizg‘in hozirlik ko‘rildi. Mavzular doirasida topshiriq va savollar ishlab chiqilib, o‘quv-metodik xonalar, amaliy mashg‘ulot joylari zarur anjomlar bilan jihozlandi.

Bir hafta davomida kursantlarning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari puxta sinovdan o‘tkazildi. Har bir jarayon professor-o‘qituvchilar va tajribali amaliyot xodimlari tomonidan xolisona kuzatib, baholab borildi. Mashg‘ulotlar yakunida kursantlarga kerakli tavsiyalar berildi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi boshlig‘i Sanjar Sharipovning ta’kidlashicha, “kichik final”lar kursantlarning nafaqat bilim salohiyatini, balki kasbiy fazilatlarini ham shakllantirishga yordam beradi. Topshiriqlarni bajarish jarayonida mustaqil va to‘g‘ri qaror qabul qilish, vaziyatni baholash, ishni hamjihatlikda tashkil etish kabi ko‘nikmalar hosil bo‘ladi. Shu bois, kursantlar har bir mashg‘ulotga katta ishtiyoq bilan yondashdilar.

Bugun mashg‘ulotlarning so‘nggi kuni. Endilikda yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalar belgilab olinadi. Bundan maqsad soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashdir.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech