Poytaxtimizdagi Renessans kino uyida yoşlar hayotiga oid vatanparvarlik filmlariga bağişlangan ijodiy uçraşuv bölib ötdi.
Tadbirda Kinematografiya agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, şuningdek, mudofaa va huquqni muhozafa qiluvçi tuzilmalar tasarrufidagi oliy ta’lim ta’lim muassasalari rahbarlari, Yozuvçilar uyuşmasi a’zolari, kinoarbob va ijodkorlar, yoşlar jamoatçiligi hamda ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Agentlik direktori Firdavs Abduxoliqov muhtaram Prezidentimiz tomonidan milliy kinematografiyamiz rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, xalqimiz ma’naviyatini yuksaltiriş yölida yaratilayotgan filmlar, ayniqsa “Yangi Özbekiston va milliy kinematografiya” şiori ostidagi “Kinokarvon” loyihasining ahamiyati haqida töxtaldi.
Şuningdek, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov söz olib, har bir yangi asar xalqimiz, avvalo, yoşlar qalbiga yöl topişi, ular ongiga Vatanga sadoqat, mardlik, jasorat singari oliyjanob tuyğularni singdirişi, tinçlik va osoyiştalik bebaho ne’mat ekanligini tarğib qilişi lozimligini ta’kidlab ötdi.
Tadbir davomida Kinematografiya agentligi va oliy ta’lim muassasalari örtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Içki işlar vazirligi akademiyasi boşliği Rustam Xatamov agentlik rahbarlari bilan muloqot qilib, yoşlar uçun Vatanni sevişga da’vat etuvçi yangi filmlar yaratiş, ijodiy hamkorlikni yölga qöyiş, madaniy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etişga kelişib oldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati