Oçiqlik, tezkorlik va xolislik
Öz Ўзб Рус En

Yangiliklar

Kitob – inson ma’naviyatini yuksaltiradi

23 Dekabr 2024, 17:43

2023

Taniqli ijodkorlar Içki işlar vazirligi akademiyasida bölib, yoşlar bilan muloqot qildilar.

“Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida taşkil etilgan tadbir avvalida mehmonlar axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanişdilar. Maskanda yaratilgan zamonaviy şaroitlar, ayniqsa buyuk ajdodlarimiz nomiga atalgan sinfxonalar san’at va adabiyot vakillarida katta taassurot qoldirdi.

Kursant yoşlar bilan ijodiy uçraşuvda elimiz ardoğidagi ijodkorlar inson ma’naviyatining yuksalişida adabiyotning örni, jamiyatda kitobxonlik darajasini oşiriş, ajdodlarimiz hayoti va faoliyatining ibratli jihatlariga töxtalib, yoş avlod vakillarini ilm-ma’rifatli bölişga undadilar.

– Bugun biz Vatan uçun közlari yongan öğil-qizlarimiz bilan uçraşdik. Ularning adabiyotga, şe’riyatga, san’atga bölgan qiziqişini körib, rosti, quvondik. Kitob öqiş insonga aslo ziyon qilmaydi. Özim ham köp mutolaa qilaman, şe’riyatni yaxşi köraman. Bunday uçraşuvlar insonga kuçli motivatsiya, ijodiy jöşqinlik bağişlaşi bilan ahamiyatli, – deydi Özbekiston xalq artisti Dilorov Karimova. 

Tadbirda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zolari Hulkar Hamroyeva va Iqbol Qöşşayeva ham öz mulohazalarini bildirib, yoşlarga kerakli tavsiyalar ulaşdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Çop etiş
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech